TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya mintaqalari DXRning Volnovaxa tumanidagi infratuzilmalarni qayta tiklashga yordam berishmoqda. Bu tuman Ukraina qurolli kuchlarining o‘qqa tutishidan jiddiy jabr ko‘rgan.
Tuman ma’muriyati rahbari Konstantin Zinchenkoning ma’lum qilishicha, bu yerga asta-sekin osuda hayot qaytmoqda. Infratuzilmalar, uy-joylar qayta tiklanmoqda, suv quvurlari ta’mirlanmoqda.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan. 3-iyul kuni Lugansk xalq respublikasi to‘liq ozod qilindi.