TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Bxaratiya janata parti" hukmron partiyasi boshchiligidagi Milliy-demokratik alyansidan nomzod Draupadi Murmuga Hindiston Respublikasining prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Davlat rahbarining maktubida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tirilishiga ishonch bildirilgan.
Hindistonda 18-iyul kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Milliy demokratik alyans a’zosi Draupadi Murmu prezident etib saylandi. Bu mamlakat tarixida ikkinchi bor ayol kishi prezident etib saylandi.
Bu haqda batafsil.