Putin mutlaqo sog‘lom – AQSh bosh razvedkachisi

Sergey Lavrov va Dmitriy Peskov ham Putinning sog‘lomligini aytgandi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mutlaqo sog‘lom, dedi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns Kolorado shtatidagi Aspen institutining yillik xavfsizlik forumidagi nutqida.
“Prezident Putinning salomatligi haqida turli mish-mishlar yuradi. Biz aytishimiz mumkinki, u mutlaqo sog‘lom”, dedi u.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aqli raso odamlar prezidentda qandaydir kasallik belgilarini ko‘ra olmasligini aytgan edi.
“Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Uni ekranlarda tomosha qilish, nutqlarini o‘qish va tinglashingiz mumkin. Menimcha, aqli raso odamlar prezidentda qandaydir kasallik belgilarini ko‘ra olmaydi. Buni mish-mishlar tarqatayotganlarning vijdoniga qoldiraman”, degan edi Lavrov.
Ma’lumot uchun, 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 70 yoshni qarshi oladi. Uning tashriflari, ish yuritishi va o‘zini tutishidan ham Putin mutlaqo sog‘lom ekanligini bilish mumkin.