Toshkent aeroporti oldidagi maydon rekonstruksiya qilinadi - tafsilotlar

Aeroport ma’muriyati ma’lum qilishicha, fuqarolarda avtoturargohlarga kirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. “Toshkent” xalqaro aeroportida 20-iyuldan yo‘lovchilarni kuzatish va kutib olish avtoturargohlariga kirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu haqida Uzbekistan Airports xabar berdi.
“Bunday noqulayliklar aeroportning old qismi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan kelib chiqishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Uzbekistan Airports fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan terminaliga kuzatuvchilarning kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgandi.