Qarish- tabiiy jarayon va uni to‘xtatib bo‘lmaydi. Ammo, to‘g‘ri ovqatlanish bilan jarayonni sekinlashtirish mumkin. Bu uchun aniq turdagi mahsulotlardan voz kechish kerak, deydi shifokor- terapevt va parhezshunos Yelena Tixomirova.
Shirinliklar va boshqa tez hazm bo‘luvchi uglevodlar. Aynan ular konga singib, insulin moddasi miqdorida tebranishlar hosil qiladi. Tuzlangan mahsulotlar “tez qaritadi”, chunki ular shishlarni keltirib chiqaradi. Spirtli ichimliklar ham yoshartirmaydi.
Shifokorning tavsiya berishicha, yoshlikni saqlash uchun uyda tayyorlangan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish kerak.
“To‘g‘ri ovqatlanish tarziga rioya qilish, ko‘p suv ichish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanish va yaxshi, sifatli uyqu- uzoq vaqt organizmga tetiklik va salomatlik beradi”, - deydi Tixomirova.