TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Ayrim ukrain siyosatchilari Qrimga hujum qilishni nazarda tutib, Rossiyaga tahdid qilishga urinishmoqda. Agar shunga o‘xshash voqea ro‘y bersa, ularning bari uchun qiyomat kuni keladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Volgogradda faxriylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Vaqti-vaqti bilan qandaydir bayonotlar bilan u yerda ayrim qattiq hayajonlangan, qonli masxarabozlar og‘iz ochishmoqda va Qrimga hujum qilish va hokazolarni nazarda tutib, bizga tahdid qilishga urinishmoqda. Shu munosabat bilan shuni aytmoqchimanki, ular bunday bayonotlarning oqibatlarini yaqqol tushunib turishibdi. Oqibatlari esa oyday ravshan, shunga o‘xshash biror bir voqea ro‘y bergan taqdirda, u yerdagi barcha uchun bir zumda qiyomat kuni keladi. Juda tez va og‘ir. Berkinish g‘oyat qiyin bo‘ladi”, - dedi Medvedev.