Seversk va Slavanskka ittifoqdosh qo‘shinlarining hujumlari shiddat bilan rivojlanmoqda

Ukrain harbiy tuzilmalari Severskdan janglar bilan qurshab olinishlardan qochib shahar atroflariga chiqishmoqda.
Sputnik
Ittifoqdosh qo‘shinlar hujumlari sababli Ukraina Qurolli Kuchlari Seversk shahrini tashlab ketmoqda va Slavansk yo‘nalishiga qarab chekinishmoqda. Biroq, Slavanskning o‘zi olovli yarimdoirada shimol, sharq va janub tomondan qurshab olingan.
Ukrain kuchlari Kiyev rejimining G‘arb qurollari hamda AQSh lend-lizining Donbassda samaradorlignini namoyish etish niyatiga qaramasdan tark etishmoqda.
Ukrain harbiy tuzilmalari Severskdan janglar bilan qurshab olinishlardan qochib shahar atroflariga chiqishmoqda. Oldinga harakat qilayotgan rus qo‘shinlari va LXR kuchlari shimol va janubdan “kana”larni ushlab olishga harakat qilmoqdalar. Severskning qo‘ldan boy berilishi UQK uchun Shimoliy Donesk darosining o‘ng qirg‘og‘idagi muhim hudud ustidan nazoratni yo‘qotishni va Donbass hududidagi so‘nggi mustahkamlangan hudud Slavansk-Kramatorskga hujum boshlanishini anglatadi.
Slavanskning sharqi va janubida ittifoqdosh kuchlar tezlikda oldinga harakat qilishmoqda va aholi punktlarini ozod qilishmoqda. Slavnyansk shimolida har yuz metr uchun qattiq janglar davom etayotir. Dushman katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan va hududni ushlab turish uchun doimiy ravishda safarbar qilingan zaxirachilarni jang oloviga tashlamoqda. Ukrain manbalariga ko‘ra, “manevrli mudofaa”da UQK har kuni 500 gacha odam yo‘qotapti. Janglarda halok bo‘layotganlarning aniq raqamlarini keltirish esa qiyin. Rossiya qo‘shinlari Seversk yaqinidagi UQK mustahkamlangan hududlarni “Solnsepok”lar yordamida yoqib yuborishapti.
Artemevsk shahri yaqinida, 20 km janubroqda harbiy harakatlar davom etmoqda. Bu yerda 12-iyul kuni UQK 30-mexanizatsiyalashgan brigadasining 180 nafar harbiy texnikasi havodan yuqori aniqlikdagi raketalar yordamida yo‘q qilindi. Bir kun avval Chasov Yar shahrida (Artemevsk yaqinida) UQK 118 hududiy mudofaa brigadasining 300 ga yaqin harbiy xizmatchisi “Iskander”ning aniq zarbasi natijasida yo‘q qilindi. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shaxsiy tarkibda 70% dushman tuzilmalari nokautga uchragan.
Kiyev endi dahshatli yo‘qotishlarini dezertirlar va bedarak yo‘qolganlar sifatida ro‘yxatga olib yashira olmaydi. Ustiga-ustak prezident Vladimir Zelenskiy harbiylardan barcha yo‘nalishlarda qo‘shinlarni kuchaytirishni, hattoki aslida kuchi va vositalari yetishmasa ham qarshi hujumga o‘tishni talab qilmoqda. Ukrainaning asosiy masxaraboziga G‘arb uchun navbatdagi spektakl ko‘rsatib berish suv va havodek muhim, hech bo‘lmasa 20-iyulga- “Ramshtayn” kontakt guruhi va boshqa mamlakatlar mudofaa vazirlarining Ukrainaga navbatdagi qurol yetkazib berishni muhokama qiladigan onlayn -uchrashuvga qadar.

Bema’ni qurbonlik

Xorijiy bronetexnika frontda juda kam holda uchraydi. UQK Bosh shtabi Rossiya qo‘shinlarini yuzlab chala qurollangan zaxirachilar, aql bovar qilmaydigan kuzgi qarshi hujum uchun kuch, harbiy tayexnika to‘plash uchun to‘p yemi bilan tinkasini quritmoqchi. Ukrainaning Seversk yaqinidagi “manevrli mudofaa” taktikasi MOK (Rossiya qo‘shinlari orqasida) diverson-razvedka guruhlarining professional harakatlariga va zaxirachilarning ommaviy qurbonlik keltirishga (oldingi safda) tayanadi. Bunday taktikalar harbiy muvaffaqiyatni ta’minlay olmaydi. Texnologik jihatdan ustun bo‘lgan ittifoqdosh kuchlarning rivojlanishini to‘xtata olmaydi va faqat UQK Donbassdan tashqarida muqarrar mag‘lubiyat va quvib chiqarishni kechiktiradi.
Ukrain qo‘shinlari Seversk- Artemovsk- Soledar liniyasi bo‘ylab yangi fortifikatsion liniya yaratishmoqchi- biroq bu uchun resurslar yetarli emas. Seversk operativ qurshovda. Ittifoqdosh kuchlar Svetlodarsk-Artemovsk avtomagistralining nazorat ostidagi qismini 17 kmga kengaytirdi. Shu bilan birga, to‘rtta tank, o‘nta “Kozak” zirhli harbiy texnikasi, UQKning 270 nafar harbiy xizmatchisi yo‘q qilindi.
Donbassda xorijiy yollanma askarlarning yo‘qotishlari sezilarli darajada o‘sdi: iyun oyidagi 3221 yollanmadan bugunga kelib 2741 nafari qolgan, ya’ni “yovvoyi g‘ozlar” 480 nafarga kamaygan. 390dan ortiq “legionerlar” yo‘q qilingan, 241 nafari - Ukrainadan tashqariga qochgan, yana 150 yollanma askar kelib qo‘shilgan. Bunday dinamika halok bo‘lishni istagan xorijiy yollanmalar uchun “missiya”ning juda tez tugashini ta’minlaydi. Xuddi avvalgidek, bunda ham Polsha yetakchilik qilmoqda- 166 halok bo‘lgan yollanma bilan.
Gruziya 50 nafar “omad askarlar”ini yo‘qotdi, Buyuk Britaniya- 23, Ruminiya- 21, Kanada-15. Agar Varshava Ukrainadagi harbiylari uchun qandaydir maqom berishni istasa (Zelenskiy 11-iyul kuni Oliy Radaga polyaklarga Ukrainada maxsus maqom berilishi qonun loyihasini jo‘natgan), Polshaning yo‘qotishlari keskin oshib ketadi.
Rossiyaga adovat kayfiyatidagi mamlakatlar harbiy operatsiya davom etishi va yakuni bo‘yicha hech qanday xomxayollarga berilmasligi kerak. 11-iyul kuni BMT Xavfsizlik kengashida BMTning Rossiyadagi birinchi vakili Dmitriy Polyanskiy G‘arbning qarama-qarshiligiga qaramasdan Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi yakunlanishini yana bir bor ta’kiladi.
Ozod etilgan hududlar aholisi (Xarkov, Zaporoj, Xerson viloyatlari) Rossiyaga qaytish niyatida. Ehtimol, boshqa viloyatlar ham ularning izidan ergashadi. Odamlar tanlov erkiniligini his qilishi uchun Vladimir Putin kecha barcha ukrain fuqarolariga Rossiya fuqaroligini olish tartiblarini soddalashtiruvchi qaror imzoladi. Va baribir maxsus operatsiyaning maqsadi- dushman, natsist ukrain armiyasini yo‘q qilishdir. Keyin esa ekstremistik jamoat tashkilotlari, “nasbat”va “sektor”lar Rossiyaga qarshi hech qachon qayta tiklana olmaydigan huquqiy maydonni yaratish masalasi turibdi.
AQSh va NATOning harbiy yordami qo‘g‘irchoq Kiyev rejimini abadiy “jonlantirib” bera olmaydi. Hatto New York Times ham bu davolatish) G‘arbga qimmatga tushayotgani, bemorning sog‘ayishiga ega umid yo‘qligini tan olmoqda. Ukrainadagi proksi urushga ishqiboz bo‘lgan Vashington va Brussel esa Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri termoyadroviy mojaro domiga tushish xavfida. Kecha aholisi 8 milliard kishilik chegarani bosib o‘tgan ko‘p qutbli dunyo realligiga qaytish vaqti keldi. NATO mamlakatlarida insoniyatning atigi 11% bor. Agar ular sayyorada ko‘pchilikning hayotini zaharlashda davom etishsa, shafqatsizlarcha jazolanishi mumkin.