O‘zbekiston jamoasi Budapeshtdagi “Katta dubulg‘a” turnirini 2 ta medal bilan yakunladi

Vengriya poytaxtida 8-10 iyul kunlari dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Budapeshtdagi “Katta dubulg‘a” turnirini bitta kumush va bronza medali bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqa 8-10 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda yetti nafar o‘zbekistonlik sportchi qatnashdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida +100 kg vazn toifasidagi mamlakat vakili Shohrux Baxtiyorov bronza medali uchun kurashdi. Finlyandiyalik Marti Pumalaynenga qarshi tatamiga chiqqan Baxtiyorov ajoyib harakatlari bilan g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi va bronza medaliga ega chiqdi.
Shoxrux Baxtiyorov - uzbekistanskiy dzudoist.
Ushbu natija bilan sportchi o‘z hisobiga jahon reytingi uchun 500, Parij-2024 yo‘lida 250 reyting ochkosini yozib qo‘ymoqda.
Kuni kecha o‘zbekistonlik dzudochi Rahimjon Subhonov kumush medalni qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa, ikkinchi tarkib bilan tashrif buyurgan terma jamoa ushbu musobaqani bittadan kumush va bronza medallari bilan yakunladi.