Bu qiziq

Yuqori qon bosimida qanday dorini ichish mumkin emas

Aleksandr Masnikov yuqori qon bosimi bo‘lgan holatlarda "til ostiga" qabul qilinadigan tabletkalar qanchalik xavfli ekanligini ochib berdi.
Sputnik
Rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Masnikov yuqori qon bosimi bo‘lgan holatlarda "til ostiga" qabul qilinadigan tabletkalar qanchalik xavfli ekanligini ochib berdi.
Bunday dorilar juda ko‘p, ulardan biri - kaptopril. Bu preparatni shifokorning tavsiyasiz tez yordam chaqiruvining doirasida qabul qilish mumkin emas.
Mandarin foydasi va zarari haqida - shifokorlar maslahati
Masnikovning ta’kidlashicha, bunday dorilarni faqat shifokor nazorati ostidagi shifoxonada qabul qilish mumkin.
Shifokor, shuningdek, bunday dori-darmonlarni ruxsatsiz iste’mol qilish nimalarga olib kelishini ham sanab o‘tdi.
"Sizda yurakning koronar tomirlarida, miya tomirlarida va buyraklarda perfuzion bosim pasayadi. Yurak xuruji, insult, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi", - dedi Masnikov.
Doimiy ravishda qon bosimi ko‘tarilgan holatlarda uni qanday kamaytirish mumkin? Shifokor ovqatdan tuzni chiqarib tashlash, suyuqlikni iste’mol qilishni cheklash, shuningdek, jismoniy faollikni qo‘shish va stressni olib tashlashni maslahat berdi.