Ozarbayjon Qoraqalpog‘istonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatladi

Qoraqalpog‘istonda tinchlik ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Jeyxun Bayramov.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqida mamlakat tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov 6-iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.

“Jeyxun Bayramov Qoraqalpog‘istonda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni Ozarbayjon to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarshi har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik muhimligi qayd etildi”, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Bundan tao‘shqari, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni jadallashtirishga tomonlarning tayyorligi tasdiqlangan.
Vazirlar kelgusi tadbirlar jadvali, shu jumladan Toshkent shahrida "O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya" shaklidagi uch tomonlama uchrashuv tashkil etish yuzasidan kelishib olgan.