TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Rossiya Hindistonga temir yo‘l mashinalari yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Sputnik muxbiriga Rossiyaning "Sinara-Transport Mashines" (STM) OAJ bosh direktorining o‘rinbosari, "Cavdo uyi" MChJ bosh direktori Anton Zubixin ma’lum qildi.
SMT direktorining so‘zlariga ko‘ra, "Innoprom" asosiy sanoat ko‘rgazmasi arafasida shu yilning iyul oyidayoq Rossiya va Hindiston birgalikda ishlab chiqarilgan ilk temiryo‘l qurish mashinasini taqdim etadi.
“Hindiston "Sinara-Transport Machines" uchun xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. U yerda texnologik hamkorimiz SANLocomotive bilan birgalikda “Hindistonda ishlab chiqaring” dasturi bo‘yicha yo‘l mashinalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Joriy yilning iyul oyida biz hindistonlik hamkasblar bilan birgalikda birinchi yo‘l qurish mashinasini ishlab chiqaramiz. Oldin biz ushbu texnikani faqat eksportga yetkazib berar edik”, - deydi Zubixin.
Bugungi kunda Hindiston temir yo‘l tarmog‘ida STM tomonidan ishlab chiqilgan 21 ta transport vositalari ishlamoqda. Barcha uskunalar Hindiston temir yo‘lining 5 ta filialida ishlaydi. Barcha mashinalarga mahalliy hamkor SRB International tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Anton Zubixinning so‘zlariga ko‘ra, STM xoldingi uchun Hindistonda 300 million dollarlik tender va istiqbolli shartnomalar kutilmoqda:
“Hindistondagi bizning ustuvor vazifamiz hozirda Hindiston temir yo‘llarini ta’mirlash hamda yangi yo‘llar qurish va ishlatish uchun temir yo‘l qurish mashinalarini ishlab chiqarishdir. Ular yiliga 1 milliard dollarlik temiryo‘q texnikasi sotib olishga tayyor. Aslida, shuning uchun Hindiston bozori biz uchun juda qiziq. Shu bois, biz joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Make in India tenderida ishtirok etishni rejalashtirmoqdamiz.
Mahsulotlarimiz ballast taqsimlash, temir yo‘llarning dinamik stabilizatorlari va boshqa qurilish maqsadlarida zarur bo‘lgan uskunalardir. Hindistonlik hamkorlar bilan imzolagan shartnomalar hajmi 20 million dollardan sal ko‘proqni tashkil etadi va shu yilning o‘zidayoq 300 million dollardan ortiq tenderlarda ishtirok etishni rejalashtirganmiz”.