Doktor va teleboshlovchi Aleksandr Masnikov ayollar sog‘lig‘i uchun eng foydali mahsulotlarni ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, D vitamini bilan birgalikda kalsiy iste’mol qilishga e’tibor qaratish lozim. Bu meyorni to‘ldirish uchun u – treska balig‘i jigarini iste’mol qilish, kalsiy uchun esa - pishloq, yogurt, sut, tvorog va apelsin sharbatini tasviya qildi.
Masnikov estrogen ayolning salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini, bu soya dukkaklari, tofu pishlog‘i, zig‘ir yog‘i, qizil uzum, shaftoli va sarimsoq iste’mol qilish bilan ko‘paytirish mumkin, deb ta’kidladi. Shuningdek, u doimiy ravishda yetarlicha to‘yinmagan yog‘larni iste’mol qilishni tavsiya qildi.
"Yana bir juda foydali mahsulot - bu brokkoli: u onkologiyani oldini oladi, etarli miqdordagi turli xil mikroelement va vitaminlarni o‘z ichiga oladi. Bu juda foydali va ayollarda ko‘pincha etishmayotgan narsa, ayniqsa homiladorlik davrida", - dedi shifokor “Rossiya 1" telekanali efirida.