Uzbekistan Airways mahalliy parvozlar sonini oshirdi

27 iyundan boshlab Nukus, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlariga parvozlar amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Uzbekistan Airways Nukus, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlariga parvozlar sonini oshirdi.
Toshkentdan 4 ta shaharga 27-iyundan boshlab parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
27 iyundan – dushanba kunlari
Toshkent – Nukus 07:15 – 08:55
Nukus – Toshkent 09:45 - 11:05
28 iyundan – seshanba kunlari
Toshkent – Buxoro 20:00 - 21:10
Buxoro – Toshkent 22:00 - 23:00
30 iyundan – payshanba kunlari
Toshkent – Namangan 07:15 - 08:15
Namangan – Toshkent 09:05 - 09:55
1 iyuldan – juma kunlari
Toshkent – Qarshi 20:00 - 21:00
Qarshi – Toshkent 21:50 - 22:50
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.