OKMK - O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan biridir. Uning YaIMda - 7%, eksportda - 15 %ni tashkil qiladi. Kon hududi 11 ming gektar, yiliga 65 million tonna ma’dan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor. Ularni qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilmoqda.
Loyiha doirasida, shuningdek, ohak zavodi, 650 megavattli elektr tarmog‘i va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etiladi. Jami 6 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.
Aytish joizki, 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi - Rossiya bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Xususan, Rossiyaning "Uralmashzavod" korxonasidan umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan aspob-uskunalar sotib olish rejalashtirilgan.
To‘liq nomi - NUST MISiS. Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi "Milliy tadqiqot texnologik universiteti" MISiS ". (Moskovskiy Institut Stali i Splavov)
Materialshunoslik, metallurgiya va tog‘-kon sanoati sohasidagi yetakchi Rossiya universiteti.
Tarkibiga 9 ta institut va 6 ta filial kiradi, ulardan 4 tasi Rossiyada va 2 tasi chet elda faoliyat yuritadi. Universitetda 30 dan ortiq tadqiqot laboratoriyalari va jahon darajasidagi 3 ta muhandislik markazlari mavjud.
Bugungi kunda universitet Rossiyaning kvant fizikasi sohasidagi asosiy tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi.