Radioelektron kurash vositalari havoga qarshi mudofaa tizimlarini o‘rnini bosmaydi, balki ularni jipslashtiradi, zenit komplekslar bilan integratsiyada ishlatiladi. Undan Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasida muvaffaqiyatli foydalanib kelishmoqda.
RF Mudofaa vazirligi 29-iyun kuni Markaziy harbiy okrugning “Krasuxa-4S” REK mobil komplekslari yuqori texnologik ishlarini namoyish etdi. Unda Ukraina havo maydoni skanerlash va UQK ning razvedka uchuvchisiz apparatlarining bort radiolokatsion stansiyasini bostirish ko‘rsatildi.
“Krasuxa-4S” kompleksining hayratga soluvchi taktik-texnik xususiyatlari turli balandlikda va tezlikda, 300 km uzoqlikda bo‘lgan - barcha turdagi havo nishonlarini bostirish imkoniyatini beradi. REK dasturiy-apparat vositalari uchuvchisiz apparatlarni boshqarish radiokanallari, dushman samoletlari vertoletlarning bort elektronikasini “to‘sib qo‘yadi”, ya’ni ularga razvedka qilish, zarba berishga imkon qoldirmaydi, ularni balandroq uchish va havoga qarshi mudofaa tizimlarining aniqlash zonasiga kirishga majbur qiladi. Keyin esa zenit komplekslari ishga tushadi.
O‘tgan sutkada Rossiya havoga qarshi mudofaa tizimlari Xarkov va Xerson viloyatlarida ikkita ukrain hujumchilari Su-25, Nikolayev viloyatida Mi-8 vertoleti, shuningdek, UQKning to‘qqizta uchuvchisiz uchish apparatlarini harbiy tutashuv liniyalari uchastkalarida urib tushirdi. Bunda REK komplesklarining hissasi ham bor, chunki ular havoga qarshi mudofaaning eshelon tizimlarini “mustahkamlab beradi”. REK mutaxassislarining ta’kidlashicha, maxsus operatsiya davomida asosiy nishonlar Ukrainaning Su-25 shturmoviklari bo‘lgan. Shturmoviklar juda past balandlikda doimo Rossiya harbiy guruhlarning radiolokatsion bo‘shliqlarini topishga harakat qilmoqda. Ammo urinishlar samarasiz.
“Krasuxa-4S” REK komplekslari asosan -harbiy qismlar, qo‘mondonlik punktlari, havoga qarshi mudofaa vositalari, muhim sanoat obyektlarini havo razvedkasi va yuqori aniqlikdagi qurollardan himoya qilishdir. REK kompleksi maydonni muntazam tekshirib boradi, nishonlarni aniqlaydi, dushman apparaturasining ish chastotasini aniqlab beradi. Keyin esa chastotalarning yuqori diapozonida hech qanday azimut va balandlikda cheklanmagan holda radioshovqinlar hosil qiladi. Dushman samolyoti, vertoloti, uchuvchisiz apparatlari, shuningdek, Bayraktar bortida foydalaniladigan radiolokatsion stansiyalarning barcha turlarini yo‘q qila oladi.
Rossiya REK larining o‘ziga xosligi
Turli intensivlikdagi qurolli to‘qnashuvlarda radioelektron kurash tizimlaridan keng foydalanish o‘z ko‘shinlarimizni himoya qilish va dushmanning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini buzish orqali hujum jarayonlari uchun sharoit yaratish imkonini beradi. “Krasuxa-4” Suriyada jihodchi-jangarilar va ularning g‘arbdagi murabbiylarining “Xmeymim” aviabazasiga hujum qilishga uringan uchuvchisiz apparatlarini urib tushirgan. Shuningdek, amerikaliklar Arab respublikalariga “Tomagavka” bilan hujum qilishganda, ularni yo‘nalishlaridan qaytarib yuborgan. Ukraina harbiy operatsiyalari teatrida Rossiyaning radioelektron urush vositalari UQKga masofadan turib yordam berayotgan Pentagon va NATOning yuqori texnologiyali razvedka aktivlariga qarama-qarshi mukammallashishda davom etmoqda.
“Krasuxa-4S” - REK kompleksi texnikaning eng ilg‘or modifikatsiyasi hisoblanadi va 2013-yildan buyon seriyali ishlab chiqarilgan va Rossiya qo‘shinlariga yetkazib berilgan. Yangi tizimning asosiy afzalligi axborotni qabul qilish va qayta ishlashning deyarli to‘liq avtomatlashtirilganida, (markazlashtirilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv) 100% lik samaradorlikdadir. Kompleks signal turlarini tahlil qiladi, xavfsiz aloqa tizimiga birlashtiriladi va eng kuchli aqlli shovqin bilan nurlanishi dushman radariga “zarar” beradi - uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlarni buzib ko‘rsatadi, nishonlarni aniqlash va yuqori aniqlikdagi zarbalar berishga imkoniyat qoldirmaydi. Avvalroq, “Rostex” xabar berganidek, 600 km lik maydonni to‘sish uchun bitta stansiya kifoya. AQSh mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, “Krasuxa-4S” elektronik- yo‘ldosh-josuslar ishlarini buzish imkoniyatiga ega. Ushbu majmuaning g‘ildirak bazasi to‘rt o‘qli “Kamaz” (8X8) bo‘lib, ular har qanday joyda bemalol kesib o‘tish va minus 50 dan plyus 50 daraja Selsiygacha bo‘lgan haroratlarda jangovar barqarorlikni ta’minlaydi.
“Krasuxa-4S”dan tashqari Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi maxsus operatsiyada “Moskva” va “Murmansk” nomli yerdagi uzoq masofali radioelektron kurash tizimlaridan, bir qator aviatsion va kema komplekslaridan foydalanishmoqda. G‘arbda uning muqobillari yo‘q. Avvalroq, amerikaliklar unga raqobatchi kompleks tuzmoqchi ham bo‘lishgan, biroq yarata olishmagan. AQSh Rossiya jangovar kuchlari eletromagnit spektrda “chindan ham ushbu qurollarni AQSh va boshqa mamlakatlar qurolli kuchlariga qarshi” ishlatishda o‘z samaradorligini ko‘rsatganini tan oladi.
Rossiya turli masofali REK larning ishlab chiqarisha va turli sohada foydalanishda dunyoda yetakchi bo‘lib qolmoqda. Bu borada “Alma-Antey” VKO va “Radioelektron texnologiyalar” (KRET) konsernlari, “Roselektronika” xoldingi va “Mudofaviy tizimlar” kompaniyalar guruhlari muvaffaqiyatli ish olib borishmoqda. RF harbiy-siyosiy rahbariyati radioelektron kurash instrumentlarini samarali va iqtisodiy foydali “axborot-telekommunikatsion maydonda” ustunlikka ega bo‘lish vositasi sifatida ko‘rishmoqda.
RF Quruqlikdagi qo‘shinlarining to‘rtta harbiy okrugida alohida REK brigadalari tuzilgani bejiz emas. REK rotalari tank tuzilmalari, shuningdek, havo-desant qo‘shinlarida bor. REK harbiy-dengiz kuchlari Rossiyaning barcha to‘rt flotlarida alohida markazlarga jamlangan. Havo-kosmik kuchlarida REK ning alohida batalonlari armiya tarkibiga kiradi. Uchuvchisiz radiolokatsion urush tizimlari - istiqbolli rivojlanish yo‘nalishi.