Yevropa Ukrainani ochlik yoqasiga olib kelmoqda – Venediktov

Aleksandr Venediktov aytishiga ko‘ra, G‘arb birovning hisobidan yashagan va birovning hisobidan rivojlangan.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun - Sputnik. Ukrainadan g‘alla eksport qilayotgan Yevropa davlatlari bu mamlakat xalqini ochlik yoqasiga olib kelib qo‘ydi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksandr Venediktov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“G‘arb birovning hisobidan yashadi, birovning hisobidan rivojlandi, birovning hisobidan kurashdi. U bir vaqtning o‘zida boyib ketishga ham muvaffaq bo‘ldi. Napoleonning so‘zlarini eslang — urush o‘zini o‘zi boqishi kerak. Mana hozir u o‘zini o‘zini tom ma’noda boqapti. Yevropaliklar Ukrainadan g‘alla eksport qilmoqda, bu esa Ukraina xalqini tom ma’noda ochlik yoqasiga olib kelib qo‘ymoqda”, deydi Venediktov.
Ma’lumot uchun, BMT ushbu yilda g‘alla taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi tahdidini haqida qayta-qayta ogohlantirgan edi. G‘arb davlatlari bunda darhol Rossiyani ayblashga shoshilishdi. Go‘yoki Rossiya Ukraina donini jahon bozorlariga yetkazib berishga to‘sqinliq qilayotgan emish. Moskva bunday bayonotlarni qat’iyan rad etib, Rossiya tomonidan don eksportiga hech qanday to‘siq yo‘qiligini ta’kidlashdi.
Shu bilan birga, Kiyev tomoni donni eksport qilish uchun ko‘plab to‘siqlarni yaratdilar: Mariupol shahar portida saqlanayotgan katta miqdordagi bug‘doyni yoqib yubordi, harbiy operatsiya boshlangan vaqtda Ukraina qo‘shinlari Qora dengizni minalashtirishdi, keyinchalik, minalar trosdan uzilib dengizga erkin suzishga chiqib ketdi va hozirgi zamonda Qora dengizdagi har qanday kemaga xavf solmoqda. Ularning kamida iiktasi Turkiya qirg‘oqlari yaqinida topib zararsizlantirilgan edi. Ukraina Odessa portidan xorijiy kemalar chiqishiga to‘sqinlik qilishining yana bir sababi - Kiyev xorijiy kemalar chiqib ketganidan so‘ng Rossiya u yerga zarba berishidan qo‘rqadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya Ukrainadan g‘alla eksport qilinishiga to‘sqinlik qilmayapti, agar Kiyev portlarni minalardan tozalasa, donli kemalar muammosiz chiqib ketishi mumkin.