Ukraina va uning ittifoqchilari Donbassdagi vayronagarchilik uchun to‘lashi kerak - Volodin

Davlat Dumasi raisi Volodin: Ukraina va uning ittifoqchilari Donbassdagi vayronagarchilik va qurbonlar uchun to‘lashi kerak
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin Ukraina hukumati va xavfsizlik kuchlari harakatlaridan Donbass respublikalariga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash uchun qo‘shma ishchi guruh tuzishni taklif qildi.
Bu haqda Rossiya parlamenti quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Biz qo‘shma ishchi guruh tuzib, LXR va DXR hududiga ko‘z yoshlari va o‘lim olib kelgan Kiyev rejimi, qurol, o‘q-dori, yollanma askarlarni yetkazib beruvchi NATO davlatlari tomonidan LXRga yetkazilgan zararni hisoblab chiqsak, to‘g‘ri bo‘lardi”, - dedi u Lugansk Xalq Respublikasi Xalq kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuvda.
Qrimda Kiyev siyosati yetkazgan zararni hisoblab bo‘lingan, deb eslatdi Davlat Dumasi rahbari.
“Keling, Kiyev rejimiga, Vashington va Brusselga taqdim etish uchun bu masalani o‘rganib chiqamiz: vayronagarchiliklar uchun to‘lov to‘lasin va LXR va DXR qurbonlari uchun javob berishsin”, - dedi Volodin.