Kuchli zarbalar va nokaut: Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschi ustidan g‘alaba qozondi

Murodjon Ahmadaliyev AQShning Texas shtatida professional ringdagi 11-jangini o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston bokschisiga amerikalik Ronni Rios raqib bo‘ldi.
Bellashuvning dastlabki yarmi to‘liq Ahmadaliyevning ustunligida o‘tdi. 7-raundga kelib, Rios ham faollikni oshirdi.
12-raundda Murodjon ketma-ket zarbalardan keyin raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Ikkinchi nokdaundan keyin hakam jangni to‘xtatib, o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi.
Bu g‘alaba orqali Murodjon ikkinchi yengil vazn toifasidagi o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini himoya qildi.