Ushbu shirin mevaning salomatlik uchun bir qator foydali jihatlaridan tashqari, uni iste’mol qilishga qarshi ko‘rsatmalar ham bo‘lishi mumkin. Sputnik Belarus sevimli mahsulotning sifatlari haqida hikoya qiladi.
Foydali jihatlari
· Ayol organizmi uchun uzumning foydasi ko‘p: meva sut bezlarida o‘smalar rivojlanishini to‘xtatadi, shuningdek, homilador ayollar immunitetini oshiradi.
· Shifokorlar uzumni erkaklarga ham ko‘p tavsiya qilishadi. Meva prostata saratoni kasallikligi rivojlanishini oldini oladi.
· Bolalar organizmi uchun ham ijobiy ta’sir qiladi- immunitet, nerv tizimi hamda ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
· Moddalar almashinuvini tiklaydi, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydi va metabolizmni faollashtiradi
· Suyaklarni mustahkamlaydi, qon hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi (kamqonlikda juda zarur), hamda teri va hujayralarning erta qarishini oldini oladi.
· Uzum ish kunidan so‘ng tetiklik va bardamlikni saqlab qolishga yordam beradi, quvvat beradi.
Zararli jihatlari
· Uzum donalari tarkibida shakar ko‘p. Shuning uchun fruktoza hazm qila olmaydigan, qandli diabetga chalingan va, shuningdek, parhezda bo‘lgan insonlarga tavsiya etilmaydi.
· Uning ko‘p “doza”si meteorizm, va qorin shishishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, uyqusizlikka ham sabab bo‘ladi. Ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlarga ta’siri ko‘p.
· Uzumni boshqa oziq-ovqatlar bilan birgalikda iste’mol qilish mumkin emas. Bu ichaklarda fermentatsiyaga va oshqozon-ichak tizimining yallig‘lanishishga olib kelishi mumkin.
· Mevani oshqozon yarasi va gastritga chalinganlar iste’mol qilmasligi kerak. Shuningdek, bolalarga besh yoshgacha uzum mumkin emas.