Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzolandi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkalari tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan memorandumlar imzoladi.
Uzbekistan podpisal memorandumi s krupneyshimi bibliotekami Rossii
Memorandumga ko‘ra, bir qancha rejalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning tasarrufidagi 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun malaka oshirish stajirovkalari tashkil etiladi, deydi kutubxona Matbuot kotibi Muqaddas Bobomuhammedova, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.
“Rossiyaning uchta yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandumda kitobxonlik sohasida ilmiy-tadqiqot, axborot va ma’rifiy faoliyatni amalga oshiruvchi Mutolaa markazini takomillashtirish, ommaviy kutubxonalar markazlashtirilgan tarmog‘ining axborot-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi funksiyalarini samarali amalga oshirish faoliyatni monitoring qilish, elektron kataloglarni yaratish, elektron resurslarni raqamlashtirish va boshqa shu kabi yo‘nalishlar belgilab olindi”, deydi mutaxassis.

Innovatsion loyiha

Shu bilan birga, o‘zaro hamkorlik shaharning davlat, ijtimoiy va tijorat raqamli xizmatlaridan, shu jumladan, shahar ommaviy kutubxonalaridan foydalanishni ta’minlaydigan "Peterburg fuqarosining yagona ID kartasi" loyihasini tashkil etish va mazkur yo‘nalish bo‘yicha amaliy tajribalarni almashish respublika kitobxonlariga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yagona (korporativ) tizimini yaratish imkoniyatlarini maqbullashtiradi, kutubxonashunoslik, kitobshunoslik, kutubxona fondlarini restavratsiya qilish va konservatsiya qilish sohasida hamkorlikda tajribalar almashishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Uzbekistan podpisal memorandumi s krupneyshimi bibliotekami Rossii
“Ta’kidlash kerakki, Rossiya Milliy kutubxonasi 40 milliondan ziyod fondga ega. Kutubxona tasarrufida kutubxonachilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mavjud bo‘lib, hamkorlik memorandumi doirasida o‘zbekistonlik kutubxonachilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihalarni birinchi navbatda ishlab chiqish zarurligi muhokama qilindi. Kelgusida hamkorlik yo‘nalishlari, amalga oshirish mexanizmlari yuksak natijalar berishi kutilmoqda”, – deydi matbuot kotibi.

Madaniy munosabatlar

Forum doirasida 16-iyun kuni B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi bilan memorandum imzolash marosimida Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva hamkorlikning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadlar, amalga oshirish mexanizmi va vazifalarni yakunlash muddatlari ko‘rsatilgan holda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlashni taklif qildi. Ushbu hamkorlik memorandumi kutubxonalar o‘rtasidagi kasbiy aloqalarni kengaytirish va yanada rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi madaniy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uzbekistan podpisal memorandumi s krupneyshimi bibliotekami Rossii
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati” rahbari Gulbaxor Kabiljanova mazkur memorandumning imzolanishi xalqaro darajadagi yutuq ekanini e’tirof etdi.
“Rossiyaning yirik kutubxonalari bilan imzolangan memorandum O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatidagi yana bir xalqaro darajadagi yutuq, deb hisoblayman. Maqsadimiz kelgusida kutubxonalararo turli sohalardagi kasbiy tajriba almashish, zamonaviy kutubxona texnologiyalarini, axborot-kutubxonada xizmat ko‘rsatishning eng yangi shakli va uslublarini, axborot-kutubxonachilik sohasini to‘g‘ri tashkil qilishdagi xalqaro meyorlar, standartlarni o‘rganish va tadbiq qilishdan iborat”, - deydi Kabiljanova.

O‘zaro hamkorliklar

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xorij Milliy kutubxonalari bilan muntazam ravishda yaqindan hamkorliklarni o‘rnatgan. Jumladan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 16 ta (Rossiya, Belorussiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gruziya, Eron Islom Respublikasi, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Turkmaniston, Latviya, Chexiya, Turkiya, Qozog‘iston) xorijiy davlatlarning 26 ta kutubxonalari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlarni imzolagan.
M.E.Saltikov-Shedrin nomidagi Rossiya Milliy kutubxonasi, B.N.Yelsin nomidagi Prezident kutubxonasi hamda V.V.Mayakovskiy nomidagi Sankt-Peterburg markaziy shahar ommaviy kutubxonasi bilan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘rtasida imzolangan memorandumlar ham ikki davlat Milliy kutubxonalari o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan o‘zaro hamkorlikning rasmiy hujjati sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.