Namanganda kuchli do‘l yog‘ishining oldi olindi

Viloyatda kuchli do‘l yog‘ishini oldini olish maqsadida Alazan raketalari yordamida atmosferaga rekord darajada ko‘p ta’sir ko‘rsatildi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Namangan viloyatining Pop va Chust tumani shimolida kuchli do‘l yog‘ishiga olib keluvchi bulutlar rivojlanmoqda. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Bugun Namangan viloyati Qamchiq dovonida kuchli do‘l yog‘di. 15-iyun kuni ham Namanganning Kososnsoy tumanidagi ayrim hududlarida kuchli jala va do‘l yog‘ib o‘tdi.
Viloyatda kuchli do‘l yog‘ishini oldi olish maqsadida 15-iyun kuni FVV Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishni boshqaruv xizmati tomonidan atmosferaga rekord darajada ko‘p ta’sir ko‘rsatildi.
Erkin Abdulahatovning so‘zlariga ko‘ra, kunning ikkinchi yarmida Namangan viloyati shimolida 16 ga yaqin alohida yacheyka (yadro)ga ega konvektiv bulutlar rivojlanib so‘ngan.
“MRL-5 tasvirlarida Chust, Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumani osmonida 3-4 yaqqol shakllangan yacheykali bulutlar tasvirlangan. Qizg‘ish va yanayam qora, binafsha tasvirlardan juda kuchli do‘l yog‘ishi kerak edi. Haddan tashqari ko‘p va samarali ta’sir bu kabi xavflarni katta maydonda do‘l yog‘ishiga olib kelmagan”, deydi Erkin Abdulahatov.
Ma’lumot uchun, atmosferaga ta’sir Alazan raketalari yordamida amalga oshiriladi. Bunda suv bug‘larining birlashib, muzlab do‘lga aylanmasligi uchun atmosferaga yodli kumush zarrachalar sochiladi.