Azovstalda qutqarilgan itni Qodirovga sovg‘a qilishdi - video

Ko‘ngilli Checheniston rahbari Qodirovga Azovstalda qutqarib olingan Adidas laqabli pitbulni topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Volontor Yuriy Kovanov Azovstal zavodi hududidan qutqarib olingan “Adidas” laqabli pitbulni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga sovg‘a qildi.
Itni Kovanovning o‘zi mashinada Grozniyga olib keldi. Topshirsh vaqti qo‘yidagi suhbat bo‘lib o‘tdi.
- Uning asli ismi Adolf edi, topshirish vaqti biz uni “Adidas” deb o‘zgartirdik. U ikki oy katakombada yashagan, egasi uni qidirib topishni va’da bergan edi - dedi Yuriy.
- Ha, endi unga izlash qiyin bo‘lmaydi. Biz uni “Borz” deb ataymiz, ya’ni Bo‘ri, - dedi Qodirov.
- Ramzan Axmatovichga ushbu itni sovg‘a qilish g‘oyasi qanday paydo bo‘ldi, - deb so‘radi Qodirovning yordamchilaridan biri.
- Maxsus operatsiya bo‘yicha mustahkam irodangiz uchun hurmat bildirmoqchi edim va ushbu sovg‘a sizga ma’qul bo‘ladi degan umiddaman.
- Juda ma’qul, rahmat!
- Ehtimol sizdan o‘rnak olib odamlar ko‘proq qarovsiz hayvonlarni asrab olishni boshlar. Bu bizga egasiz hayvonlarni joylashtirishda yordam bo‘lardi.
- Mening ham asrab olgan itim va mushugim bor. Bu urushqoq emasmi?
- U juda yumshoq ko‘ngilli, lekin biroz kontuziyasi bor...
- Xa-xa-xa.
Ria Novosti xabar berishiga ko‘ra, tinch aholi shaharni tark etganidan so‘ng birgina Mariupolda minglab uy hayvonlari qarosiz qolgan. Ular orasida shisha siniqlari va boshqa xavfli buyumlardan shikastlanganlari ham juda ko‘p. Aksariyati och.
Razanlik Yuriy Kovanov guruhi, Irkutslik “K-9”ko‘ngillilar guruhi va yana boshqalar Donbassning ozod qilingan hududlarida qarovsiz qolgan uy hayvonlarini qutqarish bilan shug‘ullanib kelishmoqda. Uning aytishiga ko‘ra, shu kunga qadar ular 16ta uy hayvonini Donbassdan olib chiqishgan va ko‘plab jonivorlarga tibbiy yordam ko‘rsatib ularning hayotini saqlab qolishgan.