Kim Chen In Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi va Shimoliy Koreya xalqi nomidan Rossiya xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
“Sizning rahbarligingiz ostida Rossiya xalqi sinov va qiyinchiliklarni mardonavor yengib, biz har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan mamlakatning qadr-qimmati, xavfsizligi va huquqlarini himoya qilish yo‘lida adolatli ishlarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda”, - deyiladi telegrammada.
Kim Chen In KXDR hukumati Koreya—Rossiya munosabatlarini qadrlashi hamda ularni yangi davr taqozosi va ikki mamlakat xalqlarining orzu-intilishlariga muvofiq ravishda kengaytirish va rivojlantirish niyatida ekanini bildirgan.
Rossiya kuni har yili 12-iyun kuni nishonlanadi va Rossiya Federatsiyasining davlat bayrami hisoblanadi. Bayram tarixi 1990-yil 12-iyun kuni RSFSR davlat suvereniteni to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinishi bilan boshlanadi.