Suriya prezidenti Rossiya xatti-harakatlarini nega qo‘llab-quvvatlashini tushuntirdi

Bashar Asad Rossiya xatti-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi va buning sabablarini keltirib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya xatti-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, chunki u kuchlarning yo‘qotilgan xalqaro muvozanatini qaytarmoqda.

“Biz Rossiyani ikkita nuqtayi nazarda ko‘rib chiqishimiz mumkin: ittifoqchi sifatida, agar u jangda g‘olib chiqsa yoki uning xalqaro maydondagi siyosiy pozitsiyasi kuchliroq bo‘lsa, bu bizga foydali. Yoki boshqa nuqtayi nazardan Rossiya kuchi bugungi kunda qo‘ldan boy berilgan xalqaro muvozanatni qaytarishga ko‘maklashmoqda deb aytish mumkin, hatto agar bu qisman bo‘lsa ham”, - dedi Asad RT Arabic telekanaliga bergan intervyusida.

Suriya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu muvozanatni ko‘pchilik xohlaydi va birinchi navbatda kichik davlatlarga, jumladan, Suriyaga ta’sir qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya aholisi Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, namoyishga chiqishgan edi.