TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. G‘arb 29-mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Ukraina uchrashuvidan ikki kun o‘tib Kiyevga Moskva bilan muzokaralarni davom ettirishni taqiqlagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“G‘arb Ukrainaga muzokaralar olib borishga ruxsat bermayapti. Ukraina ikki oy oldin bu masalani qanday hal etish borasida taklifini ilgari surgandi shekilli. Biz bu takliflarni asos qilib oldik. Bir kun o‘tib (delegatsiyalarning Istanbuldagi uchrashuvidan keyin – tahr.) G‘arb ukrainaliklarga bu jarayonni davom ettirishni taqiqlab qo‘ydi”, - dedi Lavrov “Serb Respublikasi radiosi va televideniyesi” teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida.
Rossiya vaziri shundan so‘ng Ukraina tomonining pozitsiyasi jiddiy o‘zgarganini ta’kidladi.
“Ular o‘z pozitsiyalarini kuchaytirishdi, Buchada sahnalashtirilgani oydek ravshan bo‘lgan provokatsiya uyushtirildi”, - dedi u.
Lavrov Ukraina avvalo AQSh va Buyuk Britaniyaning qo‘g‘irchog‘iga aylangani qo‘shimcha qildi.