TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Ukrainalik jangarilar ustidan dastlabki tribunal sudi Mariupolda o‘tkazilishi mumkin, deb ma’lum qildi “RIA Novosti”ga Donesk Xalq Respublikasi Xalq kengashi jinoiy va ma’muriy qonunchilik qo‘mitasi raisi Yelena Shishkina.
"Biz Belgorod viloyatining o‘qqa tutilishini ko‘rmoqdamiz. Shuning uchun biz Rossiya Federatsiyasi hududida tribunalning bir qismini o‘tkazishni istisno qilmaymiz. Mariupol shahrida oraliq, xususan, Mariupol tribunali bo‘lib o‘tadi. ”, dedi deputat.
Shishkina tribunal yoz oxirigacha bo‘lishi mumkinligini aytdi. Hozirda DXR Bosh prokuraturasi va Rossiya bo‘limlari o‘z nizomini ishlab chiqmoqda, dalillar bazasi Inson huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy boshqarmasi tomonidan to‘planmoqda.
Respublika parlamenti vakili aytishiga ko‘ra, tribunal suddagi jarayon milliy qonunchilikka bog‘lanmaydi. Tribunalga Yevropa davlatlarining vakillari ham chaqirilishi mumkin, ammo qaysi biri hozircha aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, tribunal sudi - favqulodda yoki harbiy harakatlar vaziyatida o‘tkaziladigan sudlar bo‘lib ular milliy qonunchilikka asoslanmagan holda, harbiy vaqt qonunlari asosida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada jangarilari jinoiy javobgarlikka tortilgan Azov polkining millatchilari Rossiya harbiylari Mariupoldagi Azovstal zavodi hududini o‘z nazoratiga olganidan keyin taslim bo‘lishdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan zo‘ravonlik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyati allaqachon sezilarli darajada qisqartirilgan.