O‘zbekiston ilk bor Karachi porti orqali yuk jo‘natdi

Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilgan, so‘ngra u Hindistonga yo‘l olgan.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O‘zbekistondan tranzit yuk jo‘natdi. Bu haqda “Hellenicshippingnews” xabar berdi.
Avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga yetkazilib, so‘ngra Hindistonga yo‘l olgan.
Qayd etilishicha, port uchun bu “muhim bosqich” va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish ramziga aylangan. Boshqa davlatlar ham portdan foydalanib Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishi kutilmoqda.
2022 yilning fevral oyida ratifikatsiya qilingan ikki tomonlama shartnoma asosida yuklar tranziti Pokiston kompaniyalaridan biri (ICTSI) tomonidan amalga oshirilgan.
Kompaniya boshqa davlatlar ham ushbu yo‘nalishdan Pokiston orqali Markaziy Osiyoga yuklarni yetkazib berishda foydalanishiga umid bildirdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bir necha yillardan buyon janubiy yo‘nalishlarning tashqi savdodagi rolini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Qayd etilishicha, bu dengiz portlariga tezroq va arzonroq yo‘ldir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Pokiston O‘zbekiston tranziti uchun bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirgan edi. 2022-yilning mart oyida esa Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natgan.