AQShning Moskvadagi elchixonasi devorida Donbassda halok bo‘lgan bolalar videosi ko‘rsatildi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Donbassda sakkiz yildan davom etayotgan mojaro oqibatida 117 nafar bola halok bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Faollar AQShning Moskvadagi elchixonasi binosida Ukraina harbiylarining xatti-harakatlari natijasida Donbassda halok bo‘lgan bolalar aks etgan videoni namoyish etishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Aksiya 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan. Videoda Donbassda halok bo‘lgan bolalar uchun to‘liq javobgarlik amerikalik harbiylar zimmasida ekanini ta’kidlangan.
Faollarning so‘zlariga ko‘ra, ular bu video bilan dunyo hamjamiyatiga aynan Oq uy ko‘p yillar davomida Ukraina hukumatini moliyalashtirib kelayotganini eslatishmoqchi bo‘lishgan.
30 may kuni DXR SSVning sud-tibbiyot ekspertizasi burosi boshlig‘i Dmitriy Kalashnikov Donbassdagi sakkiz yildan beri davom etgan mojaroda 117 nafar bola halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Shulardan 35 nafari 2022-yil fevralidan keyin halok bo‘lgan.