TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Belarusning kasb-hunar ta’limi instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Belarus Respublikasining kasbiy ta’lim instituti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda agentlik boshlig‘i o‘rinbosari X.Fayzullaxo‘jayev, Belarusning kasbiy ta’lim instituti rektori V.Golubovskiy va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Uchrashuv ishtirokchilariga agentlik faoliyati va mamlakatda mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni kasb va xorijiy tillarga o‘qitish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.