ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT ekologiya vazirlari Toshkentda daraxt ekishdi

ShHT tadbiri oldidan Ekologiya qo‘mitasining bog‘iga ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 27-may - Sputnik. Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tadbir oldidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining bog‘iga ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Glavnie ekologi stran ShOS posadili derevya v Tashkente
Uchrashuvda tashkilot kotibiyati vakillari ishtirokida ShHTga a’zo sakkiz davlat delegatsiyalari va ekspertlari zamonaviy voqelikni hisobga olgan holda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, atrof-muhit monitoringi, bioxilma-xillik, tabiiy hududlarni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishini yumshatish, ilmiy-texnik hamkorlik, qattiq chiqindilarni boshqarish va kadrlar salohiyatini oshirish kabi dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashadi.
Glavnie ekologi stran ShOS posadili derevya v Tashkente
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.
Glavnie ekologi stran ShOS posadili derevya v Tashkente