O‘zbekistonlik dzudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashadi

Qisqa tanaffusdan so‘ng dzudo yana qaytmoqda. 3-5 iyun kunlari Gruziya poytaxtida “Katta dubulg‘a” turniriga start beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Gruziya poytaxti Tbilisida bo‘lib o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turnirida O‘zbekistondan qatnashadigan dzudochilar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Turnir 3-5 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 38 davlatidan 300 nafarga yaqin sara polvonlar ishtirok etadi.
“Hozirda Ilias Iliadis boshchiligidagi O‘zbekiston jamoasi Samarqandda bo‘lajak so‘nggi tayyorgarlikni olib bormoqda”, - deyiladi xabarda.
Murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, Tbilisi musobaqasida deyarli zaxira vakillaridan iborat erkaklar terma jamoasi qatnashadi.
Bu orqali ularga jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarini jamg‘arib olish imkoniyati taqdim qilinmoqda.
To‘liq tarkib quyidagicha:
-60 kg: Dilshodbek Baratov
-60 kg: Mirzohid Mahammadjonov
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-66 kg: Bobur Vadjiyev
-73 kg: Obidxon No‘’monov
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev
-81 kg: Ulug‘bek O‘roqov
-90 kg: Bahodir Panjiyev
-90 kg: Jaloliddin Qurbonmurodov
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov
Ma’lumot uchun, ushbu turnir o‘tgan yili ilk bor Tbilisida o‘tkazilgan va koronavirus pandemiyasi tufayli unda tomoshabinlar ishtirok etmagandi.