Rossiya MDH mamlakatlari bilan faolroq hamkorlik qilishi zarur – Kosachov

Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari MDH mamlakatlari bilan faolroq hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Rossiya bundan manfaatdor bo‘lgan MDH mamlakatlari va boshqa mintaqalar bilan hamkorlikni yanada faol yo‘lga qo‘yishi zarur. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachov ma’lum qildi.
“Biz, ko‘rinib turibdiki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yaratishga uringan o‘sha yagona Yevropadan ketishga majbur bo‘lamiz. U yetarlicha uzoq muddat yana parchalanadi. Bu aniq shuni anglatadiki, biz Rossiya kelishini kutayotgan ham sobiq sovet hududi, MDH mamlakatlariga, ham mintaqalarga bir necha karra ko‘proq faol kelishimiz kerak”, - dedi u “Rossiya segodnya” mediaguruhining “Yangi tafakkur, yangi voqelik” forumi davomida.
Kosachovning so‘zlariga ko‘ra, bu “hozir Rossiya prezidenti topshirig‘iga binoan olib borilayotgan mamlakat tashqi siyosatinining jiddiy qayta ko‘rib chiqilishini” anglatadi.
Markaziy Osiyo - Rossiyaning imtiyozli hamkori