TOShKENT, 24-may — Sputnik. Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qora-Suv tumani Telman qishlog‘ida mamlakatni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi yerosti tunneli topildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, Sputnik xabar berdi.
Viavlenie tonnelya svazivayushego KR s RUz podzemnim putem
© FOTO press-slujba GKNB KR
“Hozirda jinoyat qurollari va ashyolari olib qo‘yilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Tunnel 15 metr chuqurlikda joylashgan, uning kirish qismi 1,8 metrni, eni 1,5 metrni tashkil etadi. Kirish qismidan chegara chizig‘igacha 40 metr, kirishdan chiqishgacha bo‘lgan masofa esa 270 metrga teng.
Viavlenie tonnelya svazivayushego KR s RUz podzemnim putem
© FOTO press-slujba GKNB KR
Mazkur tunnelning kirish qismi Telman qishlog‘ida yashovchi shaxsning uyi hududida joylashgan. Hudud egasi Jalol-Obod viloyati Qizil-Jar ruhiy kasalliklar shifoxonasida yotganligi sabab, uning aqli rasoligi bo‘yicha ikkinchi ekspertiza o‘tkazish rejalashtirilgan.
Viavlenie tonnelya svazivayushego KR s RUz podzemnim putem
© FOTO press-slujba GKNB KR
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda ham O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida ikki fuqaro uylari orasida qazilgan yashirin tunnel topilgan edi.