Bu qiziq

Shokolad xarid qilayotganda nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Nutritsiolog: foydali shokoladda birinchi navbatda shakar bo‘lmasligi kerak.
Sputnik
Nutritsiolog Valentina Jukova shokolad tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida RIA Novostiga so‘zlab berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tarkibida shakar bo‘lgan shokolad foydali emas. Shakar o‘rniga unda kakao-donalari bo‘lishi kerak. Shuningdek, shokolad xarid qilayotganda unda ortiqcha qo‘shimchalar: aromatizatorlar, shirinlashtiruvchi moddalar bo‘lmasligiga e’tibor qaratish lozim.
“Agar achchiq shokoladni yaxshi ko‘rsangiz, tarkibida kakao-donalari bo‘lgan mahsulotlar sizga to‘g‘ri keladi. Umuman, shifokor sifatida tabiiy shirinlashtiruvchilardan tayyorlangan mahsulotlarni tavsiya qilaman. Aytaylik, asal yoki xurmoli shokolad. U anchayin foydali va mazali”, - deydi Jukova.
Shuningdek, shifokor sutli shokoladni sevuvchilarga uni qora shokoladga almashtirishni va quruq mevalardan tayyorlangan shokoladlarni ehtiyotkorlik bilan tanlashni maslahat berdi.
Parhezshunos shokoladning kutilmagan ijobiy ta’sirini ma’lum qildi
“Bundan shokolad tarkibida izomalt va emulgatorlar bor. Bu moddalar solingan mahsulotlarni tavsiya qilmayman”, - deydi mutaxassis.
Shokolad ayollarga yoshlikni saqlab qolishda yordam beradimi?