TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonlik talaba Mirzaulug‘ov Shahzod Behzod o‘g‘li daroda cho‘kayotgan bolakayni qutqarib qoldi va “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi sovrindori bo‘ldi.
Shahzod yoz oyida Zarafshon tog‘ tizmalari bag‘rida dam olgan. U ko‘l va suv oqimi qo‘shilishi joyidan uzoq bo‘lmagan yerda bir bolaning cho‘kib ketayotganini ko‘rib qolgan. Bolakay “Yordam bering!” deya suvdan boshini chiqargan va yana suv ostiga ko‘milib ketgan.
Shahzodning tan olishicha, u avvaliga qo‘rqqan va o‘zini yo‘qotib qo‘ygan. Keyin o‘zini qo‘lga olib, bolakayni qutqarish harakatini boshlagan. U tezda kiyimlarini yechib, o‘zini suvga otgan. Jabrlanuvchining oldiga suzib kelib, uni qirg‘oqqa olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
U bolani yerga yotqizib, uni hushiga keltirgan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, sovuq suvda uzoq cho‘milishi oqibati bolakayning tomirlari tortishib qolgan va bu uning cho‘kib ketishiga sabab bo‘lgan.
Shahzodning so‘zlariga ko‘ra, u hammasi yaxshi tugaganidan xursand, endi u boshqalarga qutqarish ko‘nikmalarini o‘rgatmoqda.
Talaba “Otashin yurak” ("Gorachee serdse") ko‘krak nishon bilan taqdirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada “Otashin yurak” butunrossiya jamoat-davlat tashabbusi 2013-yildan buyon amalga oshirib kelinadi. Uning asosiy maqsadi o‘zining faol xatti-harakatlarini namoyon etgan, odamlarga beg‘araz yordam bergan 23 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlarni tabriklash va ularga minnatdorchilik bildirishdir.