ShHT-2022: Samarqand sammiti

Toshkentda ShHT Sport vazirlari yig‘ilishi boshlandi

Sport vazirlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Protokol imzolanishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 20-may - Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi raisligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar sport vazirlari yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Tadbirda ShHT Bosh kotibi Chjan Min ham ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda bugungi kun sharoitida sportni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, sport anjomlari, kiyim-kechak va texnikalarini birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, kun tartibida ShHTga a’zo davlatlarning vakolatli organlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasini tasdiqlash ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Protokol imzolanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda ShHT rahbarlari sammiti O‘zbekistonda, Samarqandda sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sammit doirasida ShHT davlatlari orasida sport, madaniyat, turizm, iqtisod va boshqa qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Vstrecha ministrov sporta stran ShOS v Tashkente