TOShKENT, 20-may - Sputnik. O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida go‘sht 45 000 – 86 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘m hududiy markaziy dehqon bozorlarida ayrim mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 18-aprel holatiga alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari qo‘yidagicha bo‘lgan:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 45 000 – 73 000 so‘m;
Qo‘y go‘shti (1 kg) – 55 000 – 86000 so‘m;
Kartoshka (1 kg) – 2 500 – 8000 so‘m;
Piyoz (1 kg) – 2000 – 5000 so‘m;
Sabzi (1 kg) – 2000 – 7000 so‘m;
Tuxum (10 dona) – 6000 – 15 000 so‘m;
Guruch (1 kg) – 4500 – 21 000 so‘m;
O‘simlik yog‘i (1 l) – 15 000 – 28 000 so‘m;
Shakar (1 kg) – 9000 – 13 000 so‘m.
Eng arzon go‘sht, odatda Nukus markaziy dehqon bozorida (45 ming), eng qimmati esa Toshkentdagi Oloy bozorida (73 ming). Meva sabzavotlarning ham eng arzoni - Nukus, Urganch va Jizzax bozorlarida. Eng arzon shakar - Samarqandda (9ming), qimmati Toshkentda - 13 ming (Qo‘yliq bozor). Tuxumning eng arzoni Namanganda (6ming), Qimmati Toshkentda - 15 ming. (Oloy, Farxod bozorlari)
Bunda faqat dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.