Chorvoq dam olish maskanlarida bir necha obyektlar savdoga chiqarildi

Hududlarning yangi egalari zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini yaratishi kerak. Ular uchun alohida imtiyozlar bor.
Sputnik
TOShKENT, 20-may — Sputnik. “Chorvoq” dam olish zonasidagi bir qancha obyektlar e-auksion.uz elektron platformasi orqali sotuvga qo‘yildi.
Onlayn savdo 26-may kuni bo‘lib o‘tadi. Lotlar ro‘yxati qo‘yidagicha:
Rangli metallar instituti dam olish zonasidagi binolar – boshlang‘ich bahosi 4,5 milliard so‘m;
Tibbiyot akademiyasining sobiq dam olish zonasi – 3,6 mlrdso‘m;
Pediatrlar uchun sobiq dam olish zonasi – 5,7 mlrd so‘m;
Maishiy chiqindilar poligonining sobiq maydoni – 2,6 mlrd so‘m;
Bo‘sh turgan bino – 1 mlrd so‘m;
Hududlarning yangi egalaridan bu yerda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini qurish talab etiladi.
Avvalroq, Turizm va madaniy meros vazirligi “Chorvoq” turistik rekreatsion zonasiga sarmoya kiritgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar taqdim etilishi haqida ma’lum qilgandi.
Sarmoyadorlar investitsiya hajmiga qarab – mol-mulk, suv va yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Yangi mehmonxona qurish va jihozlash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
2024 yil 1-yanvarga qadar dor (osma) yo‘llari, “banji-jamping”, “ziplayn” attraksionlari va boshqalar uchun uskunalar olib kirilgan taqdirda bojxona to‘lovlarini to‘lashdan to‘liq ozod qilinadi.