Yoshlar orasida jahon chempionatida o‘zbekistonlik qiz g‘olib bo‘ldi

Polshada stol tennisi bo‘yicha yoshlar orasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston vakili oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Stol tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Asel Erkebayeva Polshada bo‘lib o‘tayotgan musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Polshada o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan stol tennisi bo‘yicha “WTT Youth Series” musobaqasining navbatdagi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lgan.
Asel Erkebayeva
Bu yilgi turnirlarda U-13 toifasida qatnashgan Asel Erkebayeva hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakilasi Katarina Rajkovskani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Shuningdek, yarim finalda Aselga imkoniyatni boy bergan boshqa bir o‘zbekistonlik Arujan Kamalova bronza medali bilan taqdirlangan.