Toshkentning qadimiy darvozalarini qayta tiklash ishlari boshlandi

Ishchi guruh poytaxtning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlarini olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Toshkentning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, qadimiy darvozani tiklashda tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar va soha mutaxassislari jalb qilingan.
Shahar hokimligida tegishli davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlaridan iborat Ishchi guruh darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqish maqsadida uchrashdi. Unda bugungacha bajarilgan ishlar ko‘rib chiqilgan.
19 asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qal’a devori bilan o‘ralgan. Har bir darvoza o‘sha hududning qadimiy nomi, markaziy ko‘chaning nomlanishi yoki qaysi yo‘nalishda joylashganligiga qarab atalgan. Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshog‘och, Ko‘ymas, Qo‘qon, Qashqar va boshqalar.
Plan Tashkenta 1865 goda
Ma’lumot uchun, XVIII asrda Toshkentni bosqinchilar hujumidan himoya qilish maqsadida uning atrofi 8−20 metr balandlikdagi devor bilan o‘ralgan. Devorning 12 joyiga o‘rnatilgan darvozalar tongda ochilib, shomda yopilgan.
Har bir darvoza kalitida tegishli darvozaning nomi va kalit yasalgan yil yozilgan.
1865 yilda Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingach, podsho hukumatiga tobelik ramzi sifatida 12 ta darvozaning ramziy oltin kalitlari yasalgan. Kalitlar Sankt-Peterburg harbiy muzeyda saqlangan. Oltin kalitlarni Toshkentning pichoqchilik mahallasida yashovchi Abdurahmon ismli zargar yasagan.
1933 yilda tarixiy to‘rtta ramziy kalitlar O‘zbekistonga qaytarib berilgan.
Kalitlarning faqat bittasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida, qolgan 11 tasi O‘zbekiston TIV milliy bankida saqlanmoqda.
1890 yilda Toshkentda yangi shahar barpo etila boshlangach, tarixiy darvozalari asta-sekin buzib tashlangan.
Uning ayrim darvozalarigina tarixiy obida sifatida Fanlar akademiyasining Tarix muzeyida saqlanmoqda.
Sheyxanturskaya chast goroda Tashkenta.