Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

Donorlarning qon plazmasi banklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda tashkil qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 17-may — Sputnik. 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda Qrim-Kongo isitmasidan tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi. Bu haqda prezident tomonidan 16-mayda imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Donorlarning qon plazmasi banklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda tashkil qilinadi.
Aholi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi
Ma’lumot uchun, Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligi dastlab 1944-yilda Qrimda, 1956-yilda esa Kongo davlatida bir guruh odamlarda uchragan.
Kasallik odamlarga asosan mayda shoxli va yirik shoxli qoramollardagi kanalarni terish, ularni junini olish yoki cho‘l hududlarida ularni boqish jarayonida kana chaqishi orqali yuqadi.
Yirik shoxli qoramollarni dezinfeksiya qilish
Virus ajratgan moddalar natijasida odam qonining ivishi izdan chiqadi natijada burun va boshqa tabiiy teshiklardan qon ketishi kuzatiladi.
Kasallik og‘ir kechadi va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilmasa oqibati noxush tugashi mumkin.