TOShKENT, 16-may - Sputnik. Rossiyalik senator Aleksey Pushkov Yevroparlament deputatining Turkiyani yakkalab qo‘yish haqidagi tahdidlariga keskin javob berdi.
Pushkov aytishiga ko‘ra, bir qator yirik va asosiy davlatlarni yakkalashga urinayotgan G‘arb o‘zini o‘zi yayakalab qo‘yishi mumkin.
"Rossiyani yakkalab, Eronni, Suriyani, Venesuelani, Xitoyni, endi Turkiyani ham yakkalamoqchimisizlar? So‘nggi vaqtldarda G‘arbda turli mamlakatlarni, jumladan, asosiy va yirik davlatlarni izolyatsiya qilishga juda ko‘p tahdidlar eshitilmoqda. Oxir-oqibat bu "izolyatorlar" o‘zini dunyoning qolgan qismidan ajratib qo‘ymaydimi ishqilib", - dedi Pushkov.
Biroz oldin Yevropa parlamentidagi eng yirik partiyalardan biri - Yevropa Xalq partiyasining rahbari Manfred Veber Finlyadniya va Shvetsiyani NATOga qabul qilishga qarshi bo‘lgan Turkiyani izolyatsiya qilish haqida gapirgan edi.
"NATOning yakdilligini shubha ostiga qo‘ygan har kim uyushma ichida o‘zini yakkalab qo‘yadi. Agar Finlyandiya va Shvetsiya buni xoxlasa, ularni qabul qilmaslik uchun hech qanday sabab yo‘q", - degan edi Veber.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an Finlyandiya va Shvetsiyaning alyansga qo‘shilishiga ijobiy qaray olmasligini ma’lum qilgan edi.