Rossiyalik professor sport shifokorlari uchun mahorat darsi o‘tkazdi

O‘quv dasturi bel sohasi bilan og‘rigan bemorlarning salomatliklarini tiklash imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Rossiyaning “Spinnoy mozg” jamiyati prezidenti, professor Andrey Vladimirovich Baskov ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Uroki masterstva s rossiyskim professorom A. Baskovim proshli v Sentre sportivnoy meditsini
Tadbirda terma jamoalarda faoliyat olib borayotgan shifokorlar, ko‘ngilli tinglovchilar ishtirok etishdi. Ushbu o‘quv dasturi bel sohasida og‘riq bo‘lgan bemorlarning salomatligini tiklash imkoniyatini oshirishga qaratilgan.
Aytilishicha, hozirda O‘zbekiston va Rossiyada umurtqa pog‘onasi bilan bog‘liq muammolar uchun jarrohlik amaliyotining aralashuvi ko‘p kuzatilmaydi. Andrey Baskovning fikricha bu to‘g‘ri yo‘l.
“Har bir jarrohlik amaliyoti bilan inson tanasi shok holatiga tushadi. Biz, tibbiyot vakillari, qaysi holatda operatsiya qilish yaxshiroq, qaysi birida undan qochish kerakligini bilishimiz va vaziyatni chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu juda muhim mavzu bo‘lish bilan birga zamonaviy dunyoda dolzarb masaladir. Sport tibbiyoti vakillari ham bu borada yaxshi bilimga ega bo‘lishlari lozim. Zero, sportchilarning salomatligi, to‘g‘ri hayot kechirishi sizning qo‘lingizda”, deydi professor.
Bundan tashqari, mazkur kurslar konservativ terapiya va minimal-invaziv umurtqa pog‘onasi jarrohligi bo‘yicha ko‘rsatmalarga aniqlik kiritish, bel sohasi bilan og‘rigan bemorlar uchun neyroxirurg-vertebrolog konsultatsiyalarda qatnashish imkonini beradi.
Uroki masterstva s rossiyskim professorom A. Baskovim proshli v Sentre sportivnoy meditsini