Toshkent viloyatidagi ayrim yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarildi

Viloyat hokimining qarorida aytilishiga ko‘ra, Bekobod, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Qibray tumanlaridagi yerlar foydalanuvchilar arizasiga asosan davlat zahirasiga qaytarilgan.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Bekobod, Bo‘ka, Yangiyo‘l, Qibray tumanlaridagi ayrim maydonlar davlat zaxirasiga qaytariladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Viloyati hokimi imzolagan 283-10-0-Q/22-sonli qarorga ko‘ra, ayrim tumanlardagi yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytariladi.

Xususan, Bekobod tumanida jami 253,3 gektar, Bo‘ka tumanida 32,69 gektar, Yangiyo‘l tumanida 56,8 gektar va Qibray tumanida 17 gektar yerlar davlat zaxirasiga qaytarilgan.

Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, tuman hokimliklari bilan birgalikda zaxiraga qaytarilgan yer uchastkalaridan belgilangan tartibda samarali foydalanish choralarini ko‘radi.
Mazkur hujjat ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi zimmasiga yuklatildi.
Yer kodeksiga ko‘ra, korxonaga, binoga, inshootga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi yoki operativ boshqaruv huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektlar bilan birgalikda undan doimiy foydalanish va ijara huquqi ham o‘tadi.