Jizzaxlik yoshlar Rossiyada grant asosida o‘qishi mumkin

Endi Jizzaxdagi maktablarni a’lo baholarga tamomlagan o‘quvchilar maxsus grant asosida Rostov Davlat Iqtisodiyot universitetida o‘qishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Jizzaxdagi maktablarni a’lo baholarga tamomlagan o‘quvchilar mahsus grant asosida Rostov davlat iqtisodiyot universitetida o‘qiydi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Jizzaxga universitet vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida viloyat hokimligi, viloyat Halq ta’limi boshqarmasi ishtirokida davra suxbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida Rostov iqtisodiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro uch tomonlama memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlikning asosiy maqsadi ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va o‘zaro manfaatli loyihalar sonini ko‘paytirishdan iborat.
Shuningdek, yangi hamkorlik mamlakatda intiluvchan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasini rivojlantirish, o‘quvchilarni horijda o‘qish va rus tili faniga qiziqishini oshirishga yo‘naltirilgan.
Ma’lumot uchun, Rostov davlat iqtisodiyot universiteti 1931-yilda tashkil etilgan. Universitetda 1960-yildan buyon xorijlik talabalar ham o‘qiy boshlagan. Hozirda universitetda dunyoning 30 ta davlati xususan, MDH, Osiyo, Afrika, Yevropa, Janubiy Amerikadan kelgan talabalar tahsil olmoqda.