TOShKENT, 9-may — Sputnik. Ukrainadagi maxsus operatsiyada Rossiyaning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslikni bildirgan G7 mamlakatlari, bu bilan Moskvaning undagi muvaffaqiyatini tan olishdi. Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
"Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Yaponiya Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiyasining muvaffaqiyatini tan olishdi. Bugun G7 mamlakatlari yetakchilari tomonidan qabul qilingan bayonotni xuddi shunday baholash mumkin”, - deb yozdi u o‘zining telegram kanalida.
Volodinning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar maxsus operatsiyaning asosiy maqsadlariga qarshi chiqishmoqda: Ukrainani demilitarizatsiya, denatsifikatsiya qilish, uning blokka qo‘shilmaslik, yadrosiz maqomi hamda Donesk va Lugansk xalq respublikalarining o‘z taqdirini o‘zlari belgilash huquqlari.
Rossiya Davlat dumasi raisining fikricha, aynan shuning uchun NATO Rossiyaning xavfsizlik masalalariga oid tashabbuslarini qabul qilmagan.
“Rossiya ularning NATOni sharqqa kengaytirish rejalarini barbod qildi”, - deb hisoblaydi Volodin.
Avvalroq “Katta yettilik” mamlakatlari yetakchilari Rossiyaning Ukrainadagi “g‘alabasiga yo‘l qo‘ymaslik” niyatlari haqida ma’lum qilishgan edi.