Federal rezerv Asosiy stavkani so‘nggi 42-yilda bo‘lmagan darajada oshirdi

AQShning Federal Zahira tizimi inflyatsiyani jilovlash maqsadida so‘nggi 40-yilda qo‘llanilmagan misli ko‘rilmagan choralarni qo‘llamoqda. Buning natijasi barcha davlatlarga ta’sir qilishi mumkin.
Sputnik
AQShda asosiy stavka 0,7- 1,0 foizga ko‘tarildi. Narxlar rekord darajada qimmatladi. Bunaqasini amerikaliklar 1980-yillardan buyon ko‘rmagan edi.
Ayniqsa, benzin va elektr enrgiyasi narxi cho‘ntakka og‘ir botadi. Mamlakat zaxira tizimi inflyatsiyani jilovlay oladimi? Batafsil RIA Novosti materialida.
AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) stavkani ketma-ket ikkinchi marta oshirdi. Ustiga-ustak birdaniga 50 bazaviy punktga - 2000-yil may oyidan buyon birinchi marta ko‘tarildi.
Odatda Amerika regulyatori juda ehtiyotkor. Va aynan shu uchun ko‘p tanqidlarga duchor bo‘lar edi.
Ammo tezlashtirilgan inflyatsiya tezda pasayishga majbur bo‘ldi. AQSh Mehnat Vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida - 8,5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, fevral oyida 7,9 edi. Eng ko‘p benzin narxi ko‘tarildi. Buning orqasidan transport xarajatlari oshdi.
Amerikaliklarning sevimli fastfudlarining narxi ham keskin oshdi. Elektr va ijara ham oshmay qolmadi.
Jo Bayden hammasiga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiyasi sabab bo‘lyapti deb o‘zini oqlamoqchi bo‘ladi. “70% inflyatsiya Putin benzin narxini oshirgani deb bo‘ldi”, -ishontirmoqda prezident.
Aslida esa AQShda tovarlar o‘tgan yildan buyon qimmatlashmoqda, deb ta’kidlaydi The Wall Street Journal. Bu “ortiqcha federal xarajatlar va yushmoq pul-kredit siyosati”ning natijasi.
Federal Zahira tizimi (FZT) 2021-yil davomida rekord darajadagi inflyatsiya qisqa muddatli ekanligini bot-bot aytib keldi. Aslida, shoshilinch choralar ko‘rish zarur bo‘lgan paytda chora qo‘llay olmadi. “Tezroq harakat qilishimiz kerak edi”, deya tan oldi bo‘lim boshlig‘i Jerom Pauell.
Zaxira tizimining harakatsizligi ishsizlikning oshishiga olib keldi: aprelda 6% dan oshdi. Shu bilan birga, birinchi chorakda Savdo vazirligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, YaIM yillik hisobda deyarli bir yarim foizga kamaydi. “Bu importning o‘sishi va zaxiralarning sekin to‘ldirilishi natijasi. Bundan savdo muvozanati yo‘qoldi. Xitoydagi pandemiya sababli cheklovlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi”, - deya tushuntiradi BitRiver moliyaviy tahlilchisi Vladislav Antonov.
Mana shu sharoitda asosiy stavkani keskin ko‘tarishga to‘g‘ri keldi.
Bunday bo‘lishi kutilgan edi va bunga bozor ijobiy munosabatda bo‘ldi. Chorshanba kungi savdolar natijasida AQSh fond indekslari ijobiy ko‘rsatkichda. Misol uchun, S&P deyarli uch foizga oshdi. O‘sish oldindan narxga kiritilgan, deb ta’kidlaydi RIA Novosti suhbatdoshi.
Dollar, aksincha, yevro va yapon iyenasiga nisbatan 0,65 foizdan ko‘p zaiflashdi.
“Regulyator mart oyida boshlangan pul-kredit siyosatini kuchaytirishda davom etapti. Jerom Pauell keyingi yig‘ilishlarda yana bir qadamda 50 bazaviy punktga o‘sishni ko‘rib chiqishlarini aytdi. Katta ehtimol bilan ikki yoki uch foizgacha ko‘tarilishi mumkin. Keyin inflyatsiya, iste’molga ta’sirini baholash uchun biroz to‘xtab turishadi”, - deydi Mixail Kogan, Moliyaviy boshqaruv oliy maktabi tahliliy tadqiqotlar bo‘limi rahbari.
Ayrim tahlilchilar 75 punktga oshishini ham istisno qilishmaydi. FZT rahbariyatida buning ashaddiy tarafdori bor: Sent-Luis Federal zaxira banki rahbari Jeyms Bullard. U yil oxirigacha stavkani 3-3,25 foizga oshirishga chaqirmoqda.
Biroq, bu ish bermasligi ham mumkin, deya ogohlantiradi “Amaliy sarmoya maktabi” asoschisi Fedor Sidorov. AQSh iqtisodiyotida inqiroz avj olyapti. Energiya ta’minoti, agrosanoat mahsulotlari qimmatlashmoqda. Pandemiya davrida uzilgan logistika va ishlab chiqarish zanjirlari hamon tiklangani yo‘q. “Inflyatsiyani jilovlash uchun 6-7 foizlik stavka kerak. Lekin amerikaliklar buni ko‘tara olmaydi. Davlat qarzi juda katta: allaqachon 30,4 trillion dollargav yetgan. Hukumat uchun xorijiy kreditorlarga foizlar to‘lash tobora qiyinlashapti”, – ta’kidlaydi ekspert.
Shu bois, narxlar o‘sishda davom etadi, deydi tahlilchilar. AQSh iqtisodiyoti stagflyatsiyaga – bir vaqtning o‘zida YaIM pasayishi bilan ortib borayotgan inflyatsiya va ishsizlikka olib keladi.

Ortiqcha puldan xalos bo‘lish

FZT 1-iyundan boshlab ipoteka va g‘aznachilik obligatsiyalarini mos ravishda 17,5 milliard va 30 milliard dollarga sotishni boshlaydi. Kuzda esa 35 va 60 milliardga yetkazish rejalashtirilgan.
Yil davomida regulyatorning balansi qariyb trillion dollarga kamayadi. Hozir u deyarli to‘qqiz trillionga ega.
Pul-kredit organlari bozordan “ortiqcha” likvidlikni olib tashlab shu bilan narx o‘sishini sekinlashtirmoqchi.
2020-yil mart oyidan boshlab iqtisodiyotga trillionlab mablag‘ kiritildi – ular pandemiya davrida tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirdi.
“Endi FZT rekord darajadagi inflyatsiyaga olib kelgan fond bozoridagi “ko‘pikni” yo‘q qilishga urinmoqda. Fondlar va boshqa markaziy banklar tomonidan obligatsiyalarning ommaviy sizib chiqishiga olib kelmaslik uchun qimmatli qog‘ozlarni ehtiyotkorlik bilan sotish kerak”, - deydi. Vladislav Antonov.
AQSh pul-kredit siyosatining kuchayishi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz boshlanishini anglatadi, deydi tahlilchilar.
Investorlar iqtisodning tiklanishiga ishonmaydi. Qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar va boshqalardan xalos bo‘lib, eng kam xavfsiz aktivlarga - oltin va naqd pulga sarmoya kiritishni afzal ko‘radi. Bu, o‘z navbatida, butun dunyo fond bozorlariga ta’sir qiladi”, - deydi Fedor Sidorov.
AQSh regulyatori miqdoriy quchaytirishlar birinchi va yagona marta 2017-2019 yillarda qo‘llagan. Ammo o‘shanda FZT balansidagi aktivlar sekinroq sotilgan: oyiga o‘n milliarddan boshlandi va yil davomida 50 ga ko‘tarildi.
Darvoqe, 2018-yilning kuzida S&P 500 20% ga tushib ketdi. Bozordagi vahima to‘xtatildi - Pauell AQSh indekslarini kapitallashtirish foydasiga pul-kredit siyosatini normallashtirishdan bosh tortdi. Bu safar bu hiyla rekord darajadagi inflyatsiyada ish bermaydi.
Kelgusi oylarda u yanada tezlashadi - ekspertlarning fikricha, barcha mamlakatlarda zanjir bo‘lib tarqaladi. Litvada allaqachon 15,5 foizdan ko‘proqqa oshdi, Germaniyada 40-yil deganda- 7,3 maksimumiga chiqdi.
Aholining real daromadlari esa pasayadi. Natija: to‘liq va uzoq davom etadigan tanazzul.
Jahon iqtisodiyoti koronavirus inqirozidan chiqishga hali ulgurmadi. Endi esa Ukrainadagi maxsus operatsiya tufayli Rossiyaga qo‘llanilgan qattiq sanksiyalar olovga yog‘ sepdi. Neft va gaz kotirovkalari rekord darajada oshgan. Ishlab chiqarish, transport va oxir-oqibat, do‘kon peshtaxtalarida tovarlar qimmatlashapti. Asosiy stavkani oshirilishi ushbu shafqatsiz doiradan chiqishga yordam berishi dargumon.