TOShKENT, 5-may - Sputnik. Mashhur rus saksofonchisi Igor Butman Moskva jazz orkestri bilan O‘zbekistonga keldi. Musiqachi poytaxt -Toshkentda mahalliy saksafonchilar uchun mahorat darsi o‘tkazdi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston muxbiri xabar berdi.
“Kelganimdan juda xursandman, barchangizni ko‘rganimdan, mahorat darsi o‘tkazayotganimdan, jazz va saksafonga ishtiyoqi baland qanchadan-qancha ajoyib yosh musiqachilarni ko‘rganimdan xursandman”, – dedi Igor Butman.
Musiqachilar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida o‘tkazilayotgan oltinchi xalqaro O‘zbekiston jazz festivalida ishtirok etmoqda.
Festival ishtirokchilari an’anaviy ravishda turli mamlakatlarning ko‘plab jaz yulduzlaridan iborat bo‘lib, ular nafaqat o‘z mahoratlarini namoyish etish, balki aloqalarini kengaytirish va xalqaro jaz jamiyatiga a’zo bo‘lish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishgan. Ular orasida Igor Butman va rus jaz orkestridan tashqari Tim Borner (Germaniya), Vendetta Jinetti (AQSh), Trio Gregori kabi mashhur san’atkorlar ham bor.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston xalqaro jaz bayramida 2015-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Bu galgi festival doirasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘zbekistonlik va xorijlik jaz ijrochilarining 20 ga yaqin konserti bo‘lib o‘tadi va ular asosiy makonga aylangani holda jazning 85-yilligini nishonlaydi. Shuningdek, Xiva shahrining Ichon qal’asida ochiq havoda, Urganch shahridagi Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida, Buxoro shahridagi musiqali drama teatri va Ilxom teatrida konsertlar namoyish etilmoqda.
Bundan tashqari, Uspenskiy nomidagi musiqa kolleji, Toshkent sirk kolleji, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkentdagi “Bonum Faktum” galereyasi va “Maqom” barida, shuningdek, Buxorodagi musiqa kollejida mahorat darslari va musiqa mashg‘ulotlari tashkil etilyapti.
Igor Butman Sputnik O`zbekiston muxbiriga Farg‘onadagi yoshlar konsertlari va o‘zbekistonlik yosh jazzmenlarning salohiyati haqida gapirib berdi.