Bu qiziq

Qonda shakar miqdorini keskin oshiruvchi mahsulotlar ma’lum bo‘ldi

Shifokor Mixalevaning ma’lum qilishicha, faqat shirinliklargina qonda shakar miqdorini oshirmaydi, kartoshka va guruch ham qand miqdorini oshirishi mumkin.
Sputnik
Shifokor- endokrinolog, parhezshunos Oksana Mixalevaning “Praym” nashriga ma’lum qilishicha, nafaqat shirinliklar, balki pishiriqlar va hatto kartoshka ham qonda shakar miqdorini oshirishi mumkin.
Ularning asosiy xususiyati yuqori glikemik ko‘rsatkichda, ya’ni uglevodlarning hazm bo‘lish jarayoni tezligini bildiruvchi indeksda. Ko‘rsatkich qancha yuqori bo‘lsa, qonda shakar miqdori shuncha ko‘payadi.
Glikemik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish moddalar almashinuvi jarayonini buzadi, tez-tez ochlik hissini keltirib chiqaradi, yog‘ yig‘ilishini faollashtiradi. Bundan tashqari, ikkinchi turdagi qandli diabet kasalligiga chalinish ehtimoli oshadi.
Yuqori glikemik ko‘rsatkich asosan shirinliklar, undan tayyorlangan pishiriqlar, guruch, kartoshka, lag‘mon va tez tayyor bo‘ladigan bo‘tqa kabi oziq ovqatlarga xos. Hatto, tarvuz va qovunda ham glikemik ko‘rsatkich yuqori bo‘ladi.
Past glikemik ko‘rsatkich esa dukkakli, don mahsulotlarida, sabzavot, rezavor va shirin bo‘lmagan mevalarda bo‘ladi.