Toshkentdan Misrdagi kurort shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent-Sharm al-Shayx-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7-maydan muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
Sputnik
TOShKENT, 1-may — Sputnik. Uzbekistan Airways 7-mayidan boshlab O‘zbekiston va Misr hududlari o‘rtasidagi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Toshkentdan jo‘nab ketish: 09:00 (Toshkent vaqti)
Sharm al-Shayxga yetib borish: 11:50 (Sharm al-Shayx vaqti)
Sharm al-Shayxdan jo‘nab ketish: 13:20 (Sharm al-Shayx vaqti)
Toshkentga yetib borish: 21:30 (Toshkent vaqti).